18-01-2021 11:53
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan Kattaqo‘rg‘on tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, 58.883.400 so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. 2020 yil 15 dekabrda Kattaqo‘rg‘on tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti sobiq direktori Rahmatullayeva Zilolaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari davom etmoqda. Hozirda Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasining 2020 yil 15 dekabrdagi 15/22-20-sonli xatiga asosan Samarqand viloyat moliyaviy nazorat boshqarmasining 5 yanvar 2021 yildagi 11-sonli buyrug‘i bilan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining moliyaviy xo‘jalik faoliyati yuzasidan qayta hujjatli taftish va tekshirishlar o‘tkazilmoqda. Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasining tergov harakatlari yakuniy huquqiy xulosasi natijasiga ko‘ra aybdorlarga nisbatan chora ko‘rilishi belgilangan.
Rahmatullayeva Zilola Kattaqo‘rg‘on tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida 2015-2017 yillarda mudirasi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelgan, 2019 yil 15 apreldan 2020 yilning 2 dekabriga qadar Kattaqo‘rg‘on tumani 61-maktabgacha ta'lim tashkiloti mudirasi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelgan. 2020 yilning 2 dekabridan Kuzatuv kengashi xulosasi va Maktabgacha ta'lim vazirligining rozilik xatiga ko‘ra, munosib rahbar tasdiqlangunga qadar 18 maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga o‘tkazilgan.
Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Axborot xizmati
14-01-2021 09:18
Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilish oliy saodat va yuksak sharaf. Vatanni sevgan, uning nurafshon kelajagi yo‘lida mehnat qilgan inson borki, uning yutuqlaridan quvonib yashaydi. Zero, yurt taqdiri inson taqdiri bilan chambarchas bog‘liqdir.
11-01-2021 15:15
Samarqand tumani hokimi N.Mavlonovning 2021 yil 11 yanvardagi qaroriga asosan Azizova Dilfuza Erkinovna Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
07-01-2021 14:09
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
(704-son, 10.11.2020 y.) bilan tasdiqlangan Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma'muriy reglamentining mazmun-mohiyati.
02-01-2021 17:02
2020 yilning o‘tgan davrida yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilingan davlat bog‘chalari, barpo etilgan nodavlat, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda-MTT). Buning natijasida tumanlar kesimida maktabgacha ta'lim qamrovining o‘zgarishi.
01-01-2021 09:56
Yangi orzular, yangi rejalar va yangi umidlar bilan 2021 yilga qadam qo‘ymoqdamiz. Osmoni musaffo, zamini serhosil, turmushi farovon yurtimizda bayramlar ko‘p. Bu bayramlarning har biri o‘zgacha. Ammo, ularning orasida yangi yil alohida ahamiyatga ega.