Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” arafasida Jomboy tumanida birinchi “Anora ona bolajonlari” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ochilish marasimi bo‘lib o‘tdi.

1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” arafasida Jomboy tumani “Zarafshon” MFY O‘rtabo‘z qishlog‘ida “Anora ona bolajonlari” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tuman markazidan 4 km uzoqlikda joylashgan xududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15-sentyabrdagi PQ-3276-sonli qaroriga asosan tumanda birinchi nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ochilish marasimi bo‘lib o‘tdi.

Yangi zamonaviy tipda qurilgan maktabgacha ta'lim muassasasi 75 o‘ringa mo‘ljallangan. Maktabgacha ta'lim muassasasida tarbiyalanuvchilar uchun zamon talablari asosida ta'lim-tarbiya berish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Xususan mashg‘ulot honalari, yotoqhona, ovqatlanish honalari zarur o‘quv jihozlari va inventarlar bilan to‘liq ta'minlangan.

Ushbu nodavlat maktabgacha talim muassasasida bolalar 2 yoshdan qabul qilinadi.

Ochilish marosimida Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyat va tuman xokimligi, Maktabgacha ta'lim boshqarmasi, tuman(shahar) maktabgacha ta'lim bo‘lim mudirlari va tuman faxriylari, maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil etish istagidagi tadbirkorlar, ota-onalar ishtirok etishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 02/06/2018 10:37;   Ko‘rilganligi: 1982
 
Material manzili: http://samudo.uz/oz/press/events/1-iyun-xalqaro-bolalarni-himoya-qilish-kuni-arafasida-jomboy-tumanida-birinchi-anora-ona-bolajonlari-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasasining-ochilish-marasimi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 09/12/2021 09:47
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing