Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

1-iyun - “Xalqaro bolalarni himoya qilish quni” munosabati bilan “BOLAJONLAR DUNYOSI” ko‘rgazmasi hamda “Men bo‘lajak tarbiyachi” shiori ostida maktabgacha ta'lim yo‘nalishidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilarining “Kasb mahorati” taqdimot tadbirlari o‘tkazildi.

Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan 2018 yil 31 may kuni Samarqand pedagogika kollejida “1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan maktabgacha ta'lim muassasalari uchun “Bolajonlar dunyosi” ko‘rgazmasi, maktabgacha ta'lim yo‘nalishida taxsil olayotgan o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilari tomonidan “Men bo‘lajak tarbiyachi” shiori ostida “Kasb mahorati” taqdimot tadbirlari o‘tkazildi.

“Bolajonlar dunyosi” bayramona ko‘rgazmali yarmarkasida maktabgacha ta'lim muassasalari uchun tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv didaktik materiallar va ko‘rgazmali qurollar, kitoblar, zamonaviy mebel jihozlari, maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish (autsorsing) tizimini tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlar o‘zlarining tijorat takliflari bilan ham ishtirok etdilar. Tarbiyalanuvchilar ijodidan ko‘rgazmali chiqishlar hamda maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolajonlar ishtirokida turli millatlar ijodidan konsert dasturlari namoyish etildi.

Tadbir doirasida tuman, shahar maktabgacha ta'lim bo‘limlari ekspluatatsiya xizmatlariga ajratilgan 23 ta maxsus “Damas” avtomashinasi tantanali tarzda topshirildi. Ushbu transport vositalari orqali hududlardagi maktabgacha ta'lim muassasalarida kommunal soha bo‘yicha ta'mirlash-tiklash ishlari olib boriladi. Buning uchun mazkur xizmatga kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishga qabul qilindi.

Tadbirga maktabgacha ta'lim vazirligi, Samarqand viloyat va shahar hokimligi, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi va tuman(shahar) maktabgacha ta'lim bo‘lim mudirlari, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil qilish istagini bildirgan tadbirkorlar hamda bolajonlar va  tarbiyalanuvchilarning ota-onalari  taklif qilindi. 

1


Oxirgi o‘zgarish: 02/06/2018 10:49;   Ko‘rilganligi: 2371
 
Material manzili: http://samudo.uz/oz/press/events/1-iyun-xalqaro-bolalarni-himoya-qilish-quni-munosabati-bilan-bolajonlar-dunyosi-korgazmasi-hamda-men-bolajak-tarbiyachi-shiori-ostida-maktabgacha-talim-yonalishidagi-orta-maxsus-kasb-hunar-talimi-muassasalari-bitiruvchilarining-kasb-mahorati-taqdimot-tadbirlari-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 09/12/2021 10:02
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing