Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasining tashabbusi va xomiyligi yordamida Pastdarg‘om tumanidagi “Alpomish” nomli 51-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida qurilish, ta'mirlash ishlari olib borilib, ishga tushirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2017 yil 19 dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisida, 2017 yil 31 dekabr kuni Samarqand viloyat hokimi T.Jo‘rayev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor majlislarida maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar raxbarlari-hokim, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati  hududiy organlariga o‘zlari biriktirilgan sektorlardan davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, maktabgacha ta'lim muassasalarida zarur shart-sharoitlar yaratish, bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha yillik ish rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash va amalga oshirish vazifalari berilgan edi.

Topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasining tashabbusi bilan Pastdarg‘om tumanidagi “Ilm”mahallasida joylashgan “Alpomish” nomli 51-sonli maktabgacha ta'lim muassasasini ta'mirlash, ularga xomiylik yordami ko‘rsatish, uning moddiy texnik bazasini mustahkamlash vazifalari belgilab olindi. “Alpomish” nomli 51-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi 1981 yilda qurilgan bo‘lib, oxirgi vaqtlarda yetarlicha shart-sharoitlarga ega bo‘lmaganligi sababli, bolalar qamrovi keskin tushib ketgan edi. Ushbu ta'lim muassasasida ichki ishlar boshqarmasining tashabbusi va xomiyligi yordamida qurilish, ta'mirlash ishlari 2018 yil 10 yanvardan boshlanib, joriy yilning 1-iyun-“Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni” munosabati bilan 100 nafar asosiy guruh, 50 nafar qisqa muddatli guruh tarbiyalanuvchilarini qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lgan zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasasi ishga tushirildi. 

1-iyun- “Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni” munosabati bilan  maktabgacha ta'lim muassasasida katta tantanali bayram bo‘ldi. Bayram marosimida  maktabgacha ta'lim vazirligi xodimi, Samarqand viloyat hokimi, maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i va xodimlari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, barcha tuman (shahar) hokimlari, 4 ta sektor rahbarlari, maktabgacha ta'lim bo‘limlari mudirlari va mahalla ahli qatnashdilar.


Oxirgi o‘zgarish: 02/06/2018 10:47;   Ko‘rilganligi: 1768
 
Material manzili: http://samudo.uz/oz/press/events/samarqand-viloyat-ichki-ishlar-boshqarmasining-tashabbusi-va-xomiyligi-yordamida-pastdargom-tumanidagi-alpomish-nomli-51-sonli-maktabgacha-talim-muassasasida-qurilish-tamirlash-ishlari-olib-borilib-ishga-tushirildi
Chop etilgan vaqti: 28/10/2021 13:02
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing