Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Endi maxsus sirtqi bo‘limlarga hujjat topshirayotgan abituriyentlar o‘zlarining bevosita faoliyat yuritayotgan ta'lim muassasasining tavsiyanomasi asosida hujjat topshirishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda oliy ta'lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limning ta'lim yo‘nalishlariga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta'lim yo‘nalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga hamda kamida uch yil amaliy stajga ega bo‘lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

Ushbu talabga ko‘ra, shuningdek, maxsus sirtqi bo‘limlarga hujjat topshirayotgan abituriyentlarga qulay sharoit yaratish maqsadida abituriyentlarning bevosita faoliyat yuritayotgan ta'lim muassasasining tavsiyanomasi asosida hujjat topshirishlari mumkin.

Shuningdek, ta'lim muassasasi tomonidan abituriyentlarga tavsiyanomalar berilishida turli xildagi ta'magirlik holatlariga, mehnat faoliyatlarga doir hujjatlarni soxtalashtirish holatlariga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan Qonunda belgilangan jazo choralari ko‘riladi.


Kiritilgan vaqti: 02/07/2018 09:53;   Ko‘rilganligi: 1426
 
Material manzili: http://samudo.uz/oz/press/news/endi-maxsus-sirtqi-bolimlarga-hujjat-topshirayotgan-abiturientlar-ozlarining-bevosita-faoliyat-yuritayotgan-talim-muassasasining-tavsiyanomasi-asosida-hujjat-topshirishlari-mumkin
Chop etilgan vaqti: 25/10/2021 15:19
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing