Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Maktabgacha ta'lim vazirligi A.Shin «4DFRAME» kompaniyasi Bosh direktori Iris Yang bilan uchrashdi

Uchrashuv chog‘ida tomonlar bolalarni intellektual jihatdan rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qilishdi. Ta'kidlanganidek, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha to‘laqonli faoliyat amalga oshirilmoqda.

Uchrashuv doirasida Maktabgacha ta'lim vazirligida davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari uslubchilari uchun pedagogik jarayonga 4D mozaikasidan foydalanish usulini joriy etishga bag‘ishlangan amaliy seminar ham bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha ta'lim muassasalari uslubchilari ushbu usul yuzasidan nafaqat nazariy, balki amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishdi. Xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mozaika – bu nafaqat qiziqarli o‘yinchoq, balki didaktik qo‘llanma hamdir. U bolada konstruksiyalash ko‘nikmasini shakllantirish, mayda qo‘l motorikasi va nutqni rivojlantirish, sensomotor rivojlanish darajasi va ijodiy qobiliyatni oshirishga xizmat qiladi.

Amaliy seminar yakunida har bir ishtirokchi ushbu didaktik material to‘plamini bepul qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ldi.

Vazirlik Axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 07/03/2018 11:15;   Ko‘rilganligi: 1510
 
Material manzili: http://samudo.uz/oz/press/news/maktabgacha-talim-vazirligi-ashin-4dframe-kompaniyasi-bosh-direktori-iris-yang-bilan-uchrashdi
Chop etilgan vaqti: 26/10/2021 11:27
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing