Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Payariq tumanida 5-6 yoshli tarbiyalanuvchilar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Payariq tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalarining 5-6 yoshli tarbiyalanuvchilari o‘rtasida 2-MTMda  “Sog‘lomjon - bolajon” sport musobaqasi doirasida sportning shaxmat va shashka turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqada 60 nafardan ortiq  tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi.

           

Musobaqa yakunida g‘olib tarbiyalanuvchilar aniqlandi. Shaxmat bo‘yicha 39-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi  Baxodirov Alisher 1-o‘rinni egalladi. Shashka bo‘yicha 29-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi G‘ofurov Bexruz 1-o‘rinni,  2- maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi Shukurov Aziz 2-o‘rinni, 1- maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi Anorboyev Hasan 3-o‘rinni egalladi.  G‘oliblar maktabgacha ta'lim bo‘limining faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Oxirgi o‘zgarish: 18/05/2018 21:00;   Ko‘rilganligi: 2010
 
Material manzili: http://samudo.uz/oz/press/news/payariq-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-maktabgacha-talim-muassasalarining-5-6-yoshli-tarbiyalanuvchilari-ortasida-shaxmat-va-shashka-boyicha-musobaqa-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 28/10/2021 12:14
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing