Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi hamda tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlari yuriskonsultlariga “Sayyor o‘quv kurslari” tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 22 noyabrdagi 244-sonli qarori bilan   tasdiqlangan “Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 37-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi xodimlari tomonidan 2018 yil 11-23 iyun kunlari “Sayyor o‘quv kursi” tashkil etildi.

Ushbu o‘quv kursida viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi va uning tasarrufidagi tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlari yuriskonsultlari malakalarini oshirishdi, ularga Markaz tomonidan maxsus sertifikatlar berildi.

Tez kunda adliya boshqarmasi tomonidan yuriskonsultlarni attestatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.


Oxirgi o‘zgarish: 06/07/2018 20:12;   Ko‘rilganligi: 1561
 
Material manzili: http://samudo.uz/oz/press/news/samarqand-viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasi-hamda-tuman-shahar-maktabgacha-talim-bolimlari-yuriskonsultlariga-sayyor-oquv-kurslari-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 26/10/2021 09:36
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing