Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Urgut tumanida 2018 yilning mahoratli tarbiyachisi ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

Viloyatimizdagi maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyachilarni mahoratini oshirish maqsadida 2018 yilning mahoratli tarbiyachisi ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha Urgut tumanidagi 1, 2, 3, 4, 7, 8, 39  maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan  tarbiyachilar o‘zaro bellashdilar. 3-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining tarbiyachisi M. G‘afforova yilning eng mahoratli tarbiyachisi  g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni 4-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining tarbiyachisi G.Azizova, uchinchi o‘rinni 2-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining tarbiyachisi Z.Usarovalar egallashdi.  G‘oliblar tuman xokimligi va maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Kiritilgan vaqti: 23/05/2018 10:40;   Ko‘rilganligi: 1471
 
Material manzili: http://samudo.uz/oz/press/news/urgut-tumanida-2018-yilning-mahoratli-tarbiyachisi-korik-tanlovi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 26/10/2021 10:01
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing