Matbuot anjumanlari, seminarlar va brifinglar

Tayloq tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan ijro va ichki mehnat intizomiga rioya qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

15-02-2020 20:46   132

 Joriy yilning 15 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi "Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi 626-sonli qarori hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 155-sonli buyrug‘ining ijrosini ta'minlash hamda ijro va ichki mehnat intizomiga rioya etish to‘g‘risida tumandagi Pedagogika kollejida MTT rahbarlari, xo‘jalik ishlari mudirlari, hamshiralari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining 2020 yil 16 yanvardagi 4-sonli buyrug‘ining ijrosini ta'minlash maqsadida Bugun Jomboy tumanida tuman va shahar maktabgacha ta'lim bo‘limlarining Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini hamda o‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish bo‘limi mas'ul xodimlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

04-02-2020 20:56   163

Seminarda “Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlarini yuritish tartibi”, “Maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavqeini ko‘tarishda jamoatchilik tashkilotlarining o‘rni va roli” mavzularda ma'ruzalar tinglandi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi

Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida” gi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi

01-02-2020 11:07   144

Seminarda boshqarmaning bosh yuriskonsulti Sh.Aripov ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining maqsadi, mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi. Jumladan, Qonunning 56-moddasiga alohida to‘xtalib, ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishi lozimligini ta'kidladi. Seminar o‘zaro fikr almashish savol-javob tarzida qiziqarli o‘tkazildi

Joriy yilning 25-yanvar kuni Oqdaryo tumanida maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Sh. Raxmonov bilan yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

25-01-2020 18:05   134

Uchrashuvda  viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i so‘zga chiqib Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida maktabgacha ta'lim sohasi bo‘yicha fikrlariga alohida to‘xtalib o‘tdi Shuningdek tuman tashkilotlarida mehnat qilayotgan yoshlarni qiynayotgan muammolarini tinglab, ularning yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar asosida ishlar amalga oshirilishini ta'kidladi

Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasida navbatdagi o‘quv seminar o‘tkazildi

25-01-2020 17:27   151

Seminarda Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari D.Azizova ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida” gi Qonunining maqsadi, mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi. Seminar o‘zaro fikr almashish savol-javob tarzida qiziqarli o‘tkazildi

"Ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish" mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

20-01-2020 22:29   164

Bugun Samarqand tumanidagi 4-Maktabgacha ta'lim tashkilotida Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi tizimidagi maktabgacha ta'lim bo‘limi  jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda maktabgacha ta'lim bo‘limlari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijro-intizomi nomenklaturasini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son Qarori mazmun-mohiyatini tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlari jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislarga yanada kengroq tushuntirildi.

Viloyat matbuot uyida jurnalistlar va blogerlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi

28-12-2019 13:54   192

Matbuot anjumanida 2019 yilda viloyatimizda maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilgan ishlar, bolalarni bog‘chalarga qamrab olish, ta'lim berish sifati samaradorligini oshirish, tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan sohaga oid dolzarb savollarga boshqarma boshlig‘i Sh.Raxmonov hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari D.Azizova atroflicha javob berishdi.

 

 

Ishtixon tuman MTB tasarrufidagi 20-davlat MTTda MTVning 2019 yil 30 avgustdagi 155-sonli buyrug‘i asosida davlat MTT rahbarlarining ish hujjatlarini yuritish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

16-11-2019 17:55   334

Seminarda tuman bo‘limidan vakillar, barcha MTT rahbarlari ishtirok etdi. Seminar davomida MTTlarda olib borilayotgan ta'lim-tarbiya va metodik ishlarni zamon talablari darajasida yangicha yondoshgan holda tashkil etish hamda hujjatlar yuritilishida ta'lim mazmuni samaradorligini oshirishni ta'minlash  ishlariga alohida ahamiyat berildi.

Joriy yilning 2 noyabr kuni Oqdaryo tumanidagi “Millat xazinasi” nomli davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil qilingan maktabgacha ta'lim tashkilotida “Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi” loyihasi yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

04-11-2019 11:24   230

Seminarda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi direktorining birinchi o‘rinbosari M.Quronov, O‘zbekiston Milliy universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri A.Askarov, Respublika ta'lim markazi bo‘lim boshlig‘i Q.Saidovlar ishtirok etishdi.

2019 yil 16 oktyabr kuni Payariq tumanidagi 32-sonli MTTda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedogoglarining ish xujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 155-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan viloyat o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

16-10-2019 18:38   1120

Seminarda maktabgacha ta'lim boshqarmasi metodistlari, barcha tuman va shaharlardan maktabgacha ta'lim bo‘limi sho‘ba mudirlari, MTT raxbarlari  va tarbiyachilar ishtirok etishdi.


 

 

 
Для чтения текста нажмите эту кнопку