Самарқанд вилояти
Мактабгача таълим бошқармаси
w w w . s a m u d o . u z

Maktabgacha taʼlim vazirligi tanlov eʼlon qiladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish Oʻzbekiston Respublikasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishga qoʻyiladigan gigiyena talablari amaldagi (SanPiN) asosida tuman va shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari doirasida amalga oshiriladi.

Tanlovda yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, umumiy ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi korxona va tashkilotlar Tanlov Komissiyasining Ishchi organi – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni taʼminlash boʻlimi (S.Mirzakarimov, A.Agasiyev) bilan bogʻlanishlari soʻraladi.

Tanlov ishtirokchilarining takliflari tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan manzil boʻyicha muhrlangan konvertlarda taqdim etiladi (tanlovda ishtirok etish toʻgʻrisidagi ariza tashqi konvert ustiga yelimlanadi).

Tanlov ishtirokchisi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining veb-saytida (www.mdo.uz) berilgan tanlov hujjatlari namunalari bilan tanishib, oʻzining ushbu tanlovda ishtirok etishini rasmiy ravishda xat orqali maʼlum qiladi. Tanlovda ishtirok etish boʻyicha takliflar (rasmiy xat va muhrlangan yopiq konvertda) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining masʼul xodimlariga taqdim etilishi yoki pochta orqali vazirlikka yuborilishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish boʻyicha takliflar
2021-yil 18-29-oktyabr kunlari soat 10:00 dan  17:00 gacha (shanba, yakshanba dam olish kunlari hujjatlar qabul qilinmaydi) qabul qilinadi.

Belgilangan vaqtda taqdim etilmagan takliflar qabul qilinmaydi.

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida oʻtkaziladi. Manzil: 100070, Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 17-uy.

Maʼlumot uchun tel.: 71 207-04-08 (890, 856); E-mail: autsorsing2021@list.ru

Tanlovga qoʻyilgan MTTlarning lotlar boʻyicha taqsimlanishi mazkur eʼlonning 1-ilovasida koʻrsatilgan.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish uchun tanlov oʻtkazish TARTIBI 2-ilovada koʻrsatilgan.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish uchun tanlovda g‘olib bo‘lgan talabgorlarga shartnoma loyihasi 3-ilovada ko‘rsatilgan.


Киритилган вақти: 13/10/2021 15:08;   Кўрилганлиги: 41
 
Материал манзили: http://samudo.uz/press/news/maktabgacha-talim-vazirligi-tanlov-elon-qiladi
Чоп этилган вақт: 26/10/2021 10:17
Матнни ўқиш учун ушбу тугмани босинг