So‘nggi xabarlar

NOGAHONDA QAMROV 72 FOIZGA YETDI

  Nogahon mahallasida 1 milliard 273 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan 33-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga toshirildi.

XOTIRA VA QADRLASH

Aziz yurtdoshlar! Sizlarni 9-may- Xotira va qadrlash kuni bilan viloyat maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari nomidan samimiy qutlaymiz. Hamisha el ichida qadringiz baland bo‘lsin. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaga 77 yil to‘ldi. Bu osuda damlar o‘z-o‘zidan kelmagan. Qanchadan-qancha insonlarni yo‘qotishlar evaziga shu farovon kunlarga erishdik. Yurt, millat ozodligi yo‘lida jonini qurbon qilgan zamondoshlarimiz matonati, jasorati oldida ta'zimdamiz. Ularning xotirasi dillarda yashaydi.  Ilohim, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin ! Xonadonlarimizning duogo‘y nuroniylarini doimo e'zozlab, duolarini olib yashaylik. Zaynitdin Jo‘rayev Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i

TUMAN VA SHAHARLARNING HAR BIR SEKTORLARIDA TAYANCH DAVLAT BOG‘CHALARI FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILADI

 2022- yil 7-may kuni Ishtixon tumanidagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida  “Har bir sektorlarda tashkil etiladigan tayanch maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining bir kuni” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

MAKTABGACHA TA'LIM VAZIRLIGI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN FAXRIY YORLIQ VA ESDALIK SOVG'ALARI G'OLIBLARGA TOPSHIRILDI

 "Xalqaro Yer sayyorasi kuni" munosabati bilan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari o'rtasida"Tabiat- bolalar nigohida"mavzusida bolalar rasmlari tanlovi va Respublika ko'rgazmasida ijodiy ishlari bilan ishtirok etgan Samarqand shahridagi 79-Maktabgacha  ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Rasulova Maryam "Ertaklar sayyorasi"nominatsiyasi, Pastdarg'om tumani 6-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Haydarova Zarnigor"Suvni asrang! " nominatsiyalarida g'olib bo'lishdi.

BALLI, XURSHIDA!

 Kattaqo'rg'on tumanidagi 5-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Salohiddinova Xurshida "Xalqaro yer sayyorasi kuni" munosabati bilan "Tabiat- bolalar nigohida" mavzusida rasmlar tanlovining Resbublika ko'rgazmasida  faxrli II-o'rinni egallab Maktabgacha ta'lim vazirining diplom va esdalik ovg'alari bilan taqdirlandi.

Maktabgacha ta'lim xodimlari uchun dam olish kunlari sayohat tashkil qilindi

Maktabgacha ta'lim bo‘limi tashabbusi bilan ichki turizm yo‘nalishida sayohat uyushtirilib,  Oqdaryo tuman maktabgacha ta'limi bo‘limi xodimlari va tashkilot rahbarlari dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sayohatga chiqishdi.

 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing