Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

ELEKTRON RAQAMLI IMZO (ERI) KALITINI BERISH TARTIBI SODDALASHTIRILDI

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 348-son qarori bilan Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

https://t.me/huquqiyaxborot

Mazkur Reglament bilan Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish uchun to‘lovlari va davlat xizmatini ko‘rsatish muddatlari qisqartirildi.

Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarining o‘quvchilariga elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari bepul beriladi.

Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish davlat xizmatining muddati 3 ish soatidan 40 minutga qisqartirildi.

Bundan tashqari, murojaat etuvchilar Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish yuzasidan tuman (shahar) davlat xizmati markazlariga o‘zi kelgan holda yoki Yagona intreaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.


Kiritilgan vaqti: 08/06/2018 20:04;   Ko‘rilganligi: 1595
 
Material manzili: https://samudo.uz/oz/press/news/elektron-raqamli-imzo-eri-kalitini-berish-tartibi-soddalashtirildi
Chop etilgan vaqti: 25/10/2021 14:32
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing