Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Maktabgacha ta'lim vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi «Uzekspomarkaz» da “Nurli kelajak Expo-2018” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

Ko‘rgazmada Qoraqalpog‘iston respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan oziq-ovqat, mebel, didaktik o‘yin va o‘yinchoqlar, sport va tibiyot anjomlari, musiqa asboblari, oshxona asbob-uskunalari, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 250 dan ortiq korxona va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etmoqda.

Ushbu ko‘rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad, maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalardan to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilishni yo‘lga qo‘yish hamda korxonlar tomonidan ishlab chiqariladigan o‘yinlar va o‘yinchoqlar, mebellar va boshqa jihozlarning sifati, shakli, dizayni, qulayligi, zamonaviyligi va havfsizligini o‘rganishdan iboratdir. Qolaversa, mazkur ko‘rgazma davomida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarni imzolanishi ham rejalashtirilgan.

      Ko‘rgazmada oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi kompaniyalar va tadbirkorlik subyektlari 90 dan ortiqni tashkil etmoqda. Toshkent shahri, Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridan 80 dan ortiq mebel ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham o‘z mahsulotlarini ko‘rgazmada namoyish etishmoqda.

      Joriy yilning 1 feralidan Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari tomonidan tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha tuman maktabgacha ta'lim bo‘limlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berilib, bu borada bir necha maktabgacha ta'lim muassasalarida eksperement o‘tkazilmoqda. Xususan, poytaxtimizning Sirg‘ali, Olmazor va Chilonzor tumanlaridagi ayrim MTMda ketring usulida ovqatlantirish yo‘lga qo‘yildi.

Ular yakuni bo‘yicha esa respublikamizning boshqa hududlaridagi maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish tartibini joriy etish choralari ko‘rilmoqda.

      Shu bilan birga, milliy, madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash hamda joriy etish ishlari ham zamon talablariga muvofiqlashtirilmoqda.

      Mazkur ko‘rgazma maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek o‘yinlar va o‘yinchoqlar, mebellar va boshqa jihozlarni ishlab chiqaruvchilarni tanlash imkoniyatini yaratadi.

Bir so‘z bilan aytganda ushbu ko‘rgazma Maktabgacha ta'lim tizimida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni tashkil etishda shaffof markazlashtirilgan ta'minot tizimini yaratish hamda yetkazib beruvchilarning sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z vaqtida va narx siyosatiga rioya qilgan holda xarid tizimini yo‘lga qo‘yishda yaqindan yordam beradi.

      Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalariga mo‘ljallangan taomlarni pishirish bo‘yicha master-klasslar ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

      Ko‘rgazma hamkorlari: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbek oziq-ovqat” xolding kompaniyasi, “O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zvinsanoat-xolding aksiyadorlik jamiyati.

      Ko‘rgazma o‘z ishini 14 martga qadar davom ettiradi.

Vazirlik Axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/03/2018 11:28;   Ko‘rilganligi: 1494
 
Material manzili: https://samudo.uz/oz/press/news/maktabgacha-talim-vazirligi-tashabbusi-bilan-toshkent-shahridagi-uzekspomarkaz-da-nurli-kelajak-expo-2018-korgazmasi-oz-ishini-boshladi
Chop etilgan vaqti: 26/10/2021 10:22
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing