Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Nurobod tumanidagi 3-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi hamda 4-sonli maktabgacha ta'lim muassasasiga bo‘sh turgan bino ajratilib, kapital ta'mirlandi va 50 o‘rinli binoda 2 ta guruh tashkil etildi.

Nurobod tumanida 2 ta maktabgacha ta'lim muassasalari jumladan, Arabota MFY hududida joylashgan, investitsiya dasturi asosida 1,2 mlrd. so‘mlik mablag‘ evaziga quvvati 50 o‘rinli 3-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi.

Shu bilan birga,  Navro‘z MFY hududidagi 4-son maktabgacha ta'lim muassasasi uchun tuman markazidagi “Barkamol avlod” markazining bo‘sh turgan binosi ajratildi. Mazkur bino 174 mln. so‘mlik mablag‘ evaziga kapital ta'mirlanib, qo‘shimcha 50 o‘rinli 2 ta guruh tashkil etildi. Ushbu maktabgacha ta'lim muassasalari barcha zarur inventarlar va jihozlar bilan to‘liq ta'minlandi.


Kiritilgan vaqti: 23/07/2018 20:34;   Ko‘rilganligi: 1582
 
Material manzili: https://samudo.uz/oz/press/news/nurobod-tumanidagi-3-sonli-maktabgacha-talim-muassasasi-rekonstruktsiya-qilinib-foydalanishga-topshirildi-hamda-4-sonli-maktabgacha-talim-muassasasiga-bosh-turgan-bino-ajratilib-kapital-tamirlandi-va-50-orinli-binoda-2-ta-guruh-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 25/10/2021 16:36
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing