Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Qo‘shrabot tumani maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Kichkintoylar-shirintoylar» ommaviy sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi

          Joriy yilning 25 iyul kuni Qo‘shrabot tuman hokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi, tuman «Kamalak» bolalar tashkiloti hamkorligida tuman BO‘SM sport zalida «Kichkintoylar-shirintoylar» ommaviy sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada tumandagi 14 ta maktabgacha ta'lim muassasalaridan 140 nafar bolajonlar ishtirok etishdi. Shundan 70 nafari qizlar.

         Qiziqarli bellashuvlar bilan o‘tgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni 1-son maktabgacha ta'lim muassasasining «Lochinlar» jamoasi, ikkinchi o‘rinni 10-son maktabgacha ta'lim muassasasining «Shunqorlar» jamoasi, uchinchi o‘rinni 7-son maktabgacha ta'lim muassasasining «Shirintoylar» jamoasi egalladi.

         Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Oxirgi o‘zgarish: 27/07/2018 21:45;   Ko‘rilganligi: 1714
 
Material manzili: https://samudo.uz/oz/press/news/qoshrabot-tumani-maktabgacha-talim-muassasalari-tarbiyalanuvchilari-ortasida-kichkintoylar-shirintoylar-ommaviy-sport-musobaqasining-tuman-bosqichi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 21:17
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing