Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov Samarqand shahar Kimyogarlar qo‘rg‘onidagi 54-umumiy o‘rta ta'lim maktabida shahar aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Viloyat hokimi har bir murojaatni diqqat bilan eshitib, muammolarni o‘z o‘rnida, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalarni qisqa fursatda hal etish choralarini ko‘rildi. Murojaatlarning hal etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borilishi alohida ta'kidlandi.

Sayyor qabulda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i N.Sadinova ham ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida maktabgacha ta'lim tizimi bo‘yicha fuqarolar murojaatlari qabul qilindi hamda mazkur masalalar yuzasidan ijro muddati belgilangan holda qat'iy vazifa va topshiriqlar berildi.


Kiritilgan vaqti: 23/08/2018 09:18;   Ko‘rilganligi: 1533
 
Material manzili: https://samudo.uz/oz/press/news/samarqand-viloyati-hokimi-vazifasini-bajaruvchi-eturdimov-samarqand-shahar-kimyogarlar-qorgonidagi-54-umumiy-orta-talim-maktabida-shahar-aholisi-uchun-sayyor-qabul-otkazdi
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 21:25
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing