Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i N.Sadinova Janubiy Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2017 yil 19 dekabrda o‘tkazilgan videoselektor majlisi bayonida belgilangan vazifalarning maqsadli ijrosini ta'minlash yuzasidan Janubiy Koreyaning DONGGUK universiteti va universitet qoshidagi bolalar bog‘chasi bilan Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasining maktabgacha ta'lim sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida, 2018 yil aprel oyida Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi tashabbusi bilan  Janubiy Koreyaning DONGGUK universiteti, universitet qoshidagi bolalar bog‘chasi va viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi o‘rtasida hamfikrlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum doirasida, Donggug (Dongguk University) universiteti qoshidagi bolalar bog‘chasi direktori Kim Hye Soonning taklifiga ko‘ra, Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyat hokimligi ko‘magi va “Oriyent finans” bankining homiyligida, tajriba almashish va seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun, 2018 yil 1 iyuldan 20 iyulgacha Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i N.Sadinova boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining Koreya Respublikasiga xizmat safari tashkil etildi.

Ushbu tashrif Janubiy Koreyaning DONGGUK universiteti, universitet qoshidagi bolalar bog‘chasi va viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi o‘rtasida imzolangan hamfikrlik memorandumi mazmunining davomiy qismi sifatida, Kyongju shahrida DONGGUK universiteti qoshidagi bog‘chada mehmondo‘stlik marosimi bilan boshlandi.

 Delegatsiya rahbari sifatida, boshqarma boshlig‘i N.Sadinova samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, qabul ishtirokchilariga, o‘zbek xalqining, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri A.Shinning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Donggug (Dongguk University) universiteti qoshidagi bolalar bog‘chasi direktori Kim Hye Soon o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev farmoni bilan O‘zbekistonda Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etilganligi unda juda kuchli taassurot qoldirganligini, Samarqand davlat universiteti va Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi bilan maktabgacha ta'lim sohasidagi hamkorlik bilan bog‘liq har xil savollarni muhokama qilgan holda, O‘zbekistonda yosh bolalarning ta'lim-tarbiyasi bo‘yicha Koreyaning ilg‘or tajribalari bilan o‘rtoqlashish uchun doim tayyor ekanliklarini ma'lum qildi.

         Xizmat safari davomida shuningdek, Donggug (Dongguk University) universiteti rektori Lee Daye Von (Lee Dae Won) va Kyungju shahar maktabgacha ta'lim departamenti direktori Kvon Hye Kyung (Kwon Hye Kyung)lar bilan ham uchrashuv tashkil etildi.

Tashrif davomida Donggug (Dongguk University) universitetining maktabgacha ta'lim fakultetida sohaga oid o‘quv seminarlari tashkil qilinib, unda universitetning yetakchi professor o‘qituvchilari tomonidan Koreya tajribasi asosida mashg‘ulotlar o‘tildi. Shuningdek, Janubiy Koreyaning bir nechta davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan yaqindan tanishgan holda, o‘zaro tajriba almashildi.

Vakillarimiz tomonidan mazkur davlatdagi bog‘chalarning ta'lim-tarbiya uslublari, moliyaviy va iqtisodiy himoyasi, oziq-ovqat hamda moddiy-texnik ta'minoti, to‘lov tizimi, pedagog-xodimlarning malakaviy darajasi, xizmat sharoitlari, sohadagi dasturlar va uslublar o‘rganilmoqda.

 


Kiritilgan vaqti: 19/07/2018 21:01;   Ko‘rilganligi: 1621
 
Material manzili: https://samudo.uz/oz/press/news/samarqand-viloyati-maktabgacha-talim-boshqarmasi-boshligi-nsadinova-janubiy-koreya-respublikasida-xizmat-safarida-bolib-qaytdi
Chop etilgan vaqti: 26/10/2021 10:04
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing