Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar//https://t.me/huquqiyaxborot
Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq Toshkent shahrida Puchon universiteti tashkil etilib, unda maktabgacha ta'lim, arxitektura va dizayn sohasida, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan ta'limning boshqa yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlanadi.


Universitetga qabul 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab maktabgacha ta'lim, koreys tili, shuningdek, arxitektura va dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotga ega shaxslar o‘rtasida kirish imtihonlari o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlarini o‘tkazish shakli, tartibi va muddati tegishli vazirliklar bilan kelishilgan holda Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilanadi.


Oxirgi o‘zgarish: 03/07/2018 19:09;   Ko‘rilganligi: 1581
 
Material manzili: https://samudo.uz/oz/press/news/toshkent-shahrida-puchon-universitetini-tashkil-etish-togrisidagi-prezident-qarori-qabul-qilindi
Chop etilgan vaqti: 25/10/2021 16:06
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing