Press-relizlar

Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan

joriy yilning 1 yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi, 2019 yil yakuniga qadar bajarilishi lozim

bo‘lgan dolzarb vazifalar yuzasidan
MA’LUMOTNOMA

 

Boshqarma boshlig‘i: Raxmonov Shuhrat Jaynarovich

 

  1. 2019 yilning 1 yarim yillik natijalari.

Viloyat maktabgacha ta’lim tizimida jami 1 444 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) mavjud. Ulardan 637 tasi davlat va 807 tasi nodavlat (xususiy 51 ta, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida 28 ta, oilaviy
727 ta) MTTlar.

Viloyatda mavjud 315 028 nafar maktabgacha yoshdagi bolalarning 108621 nafari maktabgacha ta’lim bilan qamrab olindi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaratilgan o‘rinlar hisobiga maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qamrab olinishi darajasi
34,5% ga yetkazildi.Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 5,4%ga oshdi.

Misol uchun, viloyatda qamrov darajasi ko‘rsatkichlari past bo‘lgan Nurobod tumanida 2,2%ga, Qo‘shrabot tumanida 7,5%ga,Bulung‘ur tumanida 5,5%ga, Ishtixon tumanida 5,2%ga, Pastdarg‘om tumanida 3,1%ga, Oqdaryo tumanida 9,1%ga, Payariq tumanida 4,9%ga va Jomboy tumanlari 9,7% ga o‘sdi.

Ushbu ko‘rsatkichlar quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida erishildi:

– 82 ta faoliyat ko‘rsatayotgan MTTning 215 ta bo‘sh turgan xonalari mukammal ta’mirlanib foydalanishga topshirildi;

– 755 ta 20 600 o‘rinli DXSh asosidagi NMTT faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu ko‘rsatkich viloyat bo‘yicha umumiy qamrovning 6,5 % ini tashkil etmoqda;

– 32 nafar tadbirkorlar bilan 2500 quvvatga ega nodavlat MTTlarni tashkil etish uchun DXSh bitimlari imzolandi. 12 300o‘ringa ega 492ta oilaviy shakldagi nodavlat bog‘chalarini tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlar bilan kelishuvga erishildi.

– Bitim imzolagan tadbirkorlarning 92 nafariga umumiy qiymati
144 689 mln.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

2019 yilning I yarim yilligida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat budjetidan 165 545,5mln. so‘m mablag‘ ajratilib, hisobot davrida
150 668,0mln. so‘m (91,0%) mablag‘ o‘zlashtirildi.

Maktabgacha ta’lim tizimida jami 1 618 yangi ish o‘rinlari yaratildi (Davlat MTTlarni ochilish hisobidan 164 ta, davlat-xususiy sheriklik hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish hisobiga 1454 ta).

 

  1. 2019 yil 9 oylik va yillik kutilayotgan ko‘rsatkichlar:

– viloyatda yil yakunida maktabgacha yoshdagi bolalar qamrov darajasini
51,6 %ga, jumladan qamrovi past darajadagi Nurobod, Urgut, Qo‘shrabot tumanlarini 30 %ga,  Ishtixon va Pastdarg‘om tumanlarida ushbu ko‘rsatgichni 40% yetkazish.

– 6-7 yoshdagi bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini Samarqand shahrida 90 %ga, viloyat bo‘yicha 70 %ga yetkazish;

Investitsiya dasturi asosida 2019 yilda amalga oshirilayotgan 49 ta,“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida 29 ta ob’ektlardaqurilish va jihozlash ishlari yakunlash hamda foydalanishga topshirish;

– 3 100 quvvatga ega bo‘lgan qo‘shimcha 106 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari (6 ta davlat-xususiy sheriklik asosida va 100 ta oilaviy) faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

– Maktabgacha ta’lim tizimida oliy ma’lumotli pedagog kadrlar ulushini 51,9%gacha yetkazish.

 

III. Mavjud muammo va to‘siqlar, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar.

  1. “Investitsiya dasturi”ga asosan 2019 yilda Samarqand viloyatida 49 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jixoz bilan ta’minlash choralarni ko‘rish.
  2. Viloyatda 3-7 yoshli bolalar qamrovi 34,5 %ni tashkil etmoqda. Lekin, Nurobod tumani 2 367 nafar (17%), Urgut tumanida 7 882 nafar (17,2%), Qo‘shrabot tumanida 2 643 nafar (23,3%), Ishtixon tumanida 5 405 nafar (25,6%), Pastdarg‘om tumanida 7 750 nafar (25,8%), Payariq tumanida 6 403 nafar (28,5%), Bulung‘ur tumanida 4 738 nafar (29,5%), Samarqand tumanida 7 430 nafar (31,9%) va Oqdaryo tumanida 3 892 nafar (32,1%) bolalar qamrab olingan holos.
  3. Davlat-hususiy sherikchilik shartlari asosida maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish istagini bildirgan 136 ta tadbirkorlarning xujjatlar to‘plami bitim tuzish uchun Maktabgacha ta’lim vazirligiga yuborilmagan. Shundan, Samarqand shahrida 46 ta, Samarqand tumanida 13 ta, Payariq tumanida 11 ta, Pastdarg‘om va Urgut tumanlarida 10 ta, Bulung‘ur tumanida 8 ta, Kattaqo‘rg‘on tumanida 7 ta va Tayloq tumanida 5 tani tashkil etmoqda.
  4. Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan tuzilgan bitimga asosan davlat-hususiy sherikchilik asosida tashkil etilishi belgilangan 45 ta loyihaga jami 83,8 mlrd. so‘mlik, shundan Mikrokreditbankdan 42 ta loyihaga 78,2 mlrd., Orient finans bankdan 3 ta loyihaga 5,6 mlrd. so‘mlik imtiyozli kredit ajratilmagan.

Ulardan,Pastdarg‘om tumanida 12 ta loyihaga 24,6 mlrd so‘mlik, Ishtixon tumanida 6 ta loyihaga 13,2 mlrd so‘mlik, Kattaqo‘rg‘on tumanida 5 ta loyihaga 7,8 mlrd so‘mlik va Narpay tumanida 4 ta loyihaga 7,5 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilmagan.

Bundan tashqari, bitim tuzilib, imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan jami 13 ta ob’ektlar foydalanishga topshirilmagan. Jumladan,Ishtixon va Oqdaryo tumanlarida4 tadan, Kattaqo‘rg‘on, Bulung‘ur, Payariq, Pastdarg‘om tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahrida 1 tadan ob’ektlar o‘z vaqtida topshirilmagan.

 

  1. Maktabgacha ta’lim boshqaruv tizimini takomillashtirish.

Viloyatda maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash hamda ular bilan maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’minlash maqsadida viloyat1 1 ta pedagogika yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan pedagogika kollejlari sifatida qayta tashkil etildi.

 

  1. Tarmoq va sohalarning 2020 yilda uzluksiz faoliyatini ta’minlashga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tadbirlar

2020 yil yakuniga qadar viloyatda maktabgacha yoshdagi bolalar qamrov darajasini 63,0 %ga, shuningdek, 6-7 yoshdagi bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini 94,6 %ga yetkazish;

21 191 quvvatga ega bo‘lgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari (138 ta davlat-xususiy sheriklik asosida va 293 ta oilaviy) faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

Maktabgacha ta’lim tizimida oliy ma’lumotli pedagog kadrlar sonini 3780 taga yetkazish;

2020 yilda 178,1mlrd. so‘m mablag‘lar evaziga jami 60 ta, shundan, 4 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish hamda 56 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish;

Shakllantirilgan manzilli ro‘yxatdagi yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ishga tushirilishi natijasida 2020 yilda 630 ta yangi quvvatlar foydalanishga topshirish.

Bo‘sh turgan va faoliyatsiz binolarda, kasb-hunar kollejlaridagi bo‘shab qolgan binolarda maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yish natijasida 2020 yilda qo‘shimcha 1,5 mingdan ortiq quvvatlar yaratilishiga erishish.

Samarqand viloyatida maktabgacha ta'lim sohasida 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan ishlar va 2021-2022 yillar bajariladigan ustuvor vazifalar to‘g‘risida M A ' L U M O T

 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing