Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Samarqand shahridagi 98 - davlat maktabgacha ta'lim muassasasida Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning yangi usuli - “Autsorsing” tizimi joriy qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli qarorining 3-bandiga ko‘ra Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish  ishlarini eksperiment tarzida amalga oshirish belgilangan.

 Samarqand viloyatidagi davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida ham ushbu eksperimentni joriy etish maqsadida viloyat hokimining 2018 yil 13 apreldagi “Samarqand shahridagi 69, 77, 85, 87, 98 davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida “Autsorsing” tizimini joriy qilish to‘g‘risida”gi 233-Q-sonli qaroriga muvofiq sinov tariqasida “Autsorsing” tizimini joriy qilish belgilandi.

  Samarkand shahridagi malaka talablariga ega bo‘lgan “GOLD PLATAN” xususiy korxonasining tijorat taklifi ma'qullanib, Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi bilan shartnoma imzolandi. 98-maktabgacha ta'lim muassasa oshxonasi ta'mirdan chiqarildi, kerakli jihozlar bilan ta'minlandi, sanitariya qoidalari va gigiyena normalariga mos holda alohida xonada ovqatlanish tashkil etildi. Tarbiyalanuvchilarni ovqatlanishi uchun stol-stullar va har biriga alohida ovqatlanish idishlari ajratildi.

  2018 yil 23 may kuni 98-maktabgacha ta'lim muassasasida “Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning yangi usullari(Autsorsing tizimi)  va uning qulayliklari” mavzusida viloyat amaliy seminari o‘tkazildi. Seminarda viloyat 4 ta sektor rahbarlari, jumladan, viloyat hokimligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va viloyat soliq boshqarmasi xodimlari, viloyat sog‘liqni saqlash, viloyat DSENM, Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi xodimlari, tuman(shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlari, bosh hisobchilar, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.


Kiritilgan vaqti: 24/05/2018 17:17;   Ko‘rilganligi: 1908
 
Material manzili: https://samudo.uz/oz/press/seminars-briefings/samarqand-shahridagi-98-davlat-maktabgacha-talim-muassasasida-soglom-ovqatlantirishni-tashkil-etishning-yangi-usuli-autsorsing-tizimi-joriy-qilindi
Chop etilgan vaqti: 26/10/2021 10:20
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing