Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

“Kichkintoylar-shirintoylar” sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahar 1-son Bolalar-o‘smirlar sport maktabida maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, bolalarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Kichkintoylar-shirintoylar” sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

  Unda viloyatimizning 16 ta tuman (shahar)  maktabgacha ta'lim muassasalaridan g‘olib chiqqan 4 ta jamoa iloncha, to‘pni olib yugurish, halqachani uzatish va sakrash shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqada Tayloq tumanidagi 38-maktabgacha ta'lim muassasasining  jamoasi birinchi o‘rinni, Pastdarg‘om tumanidagi  4-maktabgacha ta'lim muassasasining  jamoasi ikkinchi o‘rinni, Qattaqo‘rgon shahar 17-maktabgacha ta'lim muassasasining jamoasi  xamda Qo‘shrabot tumanining  1-maktabgacha ta'lim muassasasining jamoasi uchinchi o‘rinni egalladilar.

G‘oliblar viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining diplomi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Kiritilgan vaqti: 30/07/2018 21:02;   Ko‘rilganligi: 2534
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/contests/kichkintoylar-shirintoylar-sport-musobaqasining-viloyat-bosqichi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 09:48
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing