Maktabgacha ta'lim muassasalari o'rtasida “Yilning eng namunali oshxonasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 23 maydagi 02-04/4-19-sonli xati, Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining 2018 yil 24 maydagi 107-1-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 29 iyun kuni “Yilning eng namunali oshxonasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi Samarqand shahar 94-son maktabgacha ta'lim muassasasi binosida o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rik-tanlovga tuman bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan nomzodlar qatnashib, namunaviy Nizom talablari asosida taqdimot qilishdi. Hay'at a'zolari tomonidan Samarqand shahridagi 98-MTM 1-o‘ringa, Payariq tumanidagi 16-MTM 2-o‘ringa, Samarqand tumanidagi 34-MTM 3-o‘ringa loyiq deb topilib, Maktabgacha ta'lim boshqarmasi hamda O‘zbekiston Ta'lim, Fan va Madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Oxirgi o‘zgarish: 30/06/2018 19:33; Ko‘rilganligi: 2708
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 08:57