Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Barcha hududlardagi bog‘chalarning ta’lim-tarbiya sifati, hududining obodligi va sanitar-gigiyenik holati o‘rganilmoqda

2023-yil 27-fevral kuni viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Z.T.Jurayev ishtirokida barcha hududiy bo‘lim rahbarlari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda bolalarga ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, sog‘lom va havfsiz ovqatlantirish, hududlarni obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash ishlari, moliyaviy holati hamda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy muhokama qilindi.
MTT rahbarlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar doirasida tanqidiy o‘rganib chiqish ishlarini davom etish hamda belgilangan muddatlarda muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.


Oxirgi o‘zgarish: 27/02/2023 21:39;   Ko‘rilganligi: 68
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/barcha-hududlardagi-bogchalarning-talim-tarbiya-sifati-hududining-obodligi-va-sanitar-gigienik-holati-organilmoqda
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 10:29
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing