Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Bayramingiz muborak, aziz bolajonlar!

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumi orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va televideniya orqali namoyish etilayotgan, «Ilk qadam» va «Aqlvoy» davlat dasturlari negizida tayyorlangan, onlayn mashg‘ulotlarni bolajonlar bilan birgalikda kuzatib borayotgan, berilayotgan yangi bilimlarni birgalikda mustahkamlab, o‘rgatib borayotgan ota-onalarga alohida minnatdorchilik bildiraman.

Kelajagimiz vorislari bo‘lmish aziz bolajonlarni ushbu bayram bilan samimiy qutlayman. Bolalarimiz kelajakda vatanimizning faxri, iftixori, komil inson bo‘lib kamol topishlarini tilayman. Murg‘ak qalblarida mujassam bo‘lgan orzu umidlari amalga oshsin.

Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Sh.Raxmonov


Oxirgi o‘zgarish: 31/05/2020 12:44;   Ko‘rilganligi: 1081
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/bayramingiz-muborak-aziz-bolajonlar
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 15:16
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing