ELEKTRON RAQAMLI IMZO (ERI) KALITINI BERISH TARTIBI SODDALASHTIRILDI
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 348-son qarori bilan Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
https://t.me/huquqiyaxborot
Mazkur Reglament bilan Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish uchun to‘lovlari va davlat xizmatini ko‘rsatish muddatlari qisqartirildi.
Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarining o‘quvchilariga elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari bepul beriladi.
Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish davlat xizmatining muddati 3 ish soatidan 40 minutga qisqartirildi.
Bundan tashqari, murojaat etuvchilar Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish yuzasidan tuman (shahar) davlat xizmati markazlariga o‘zi kelgan holda yoki Yagona intreaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.
Kiritilgan vaqti: 08/06/2018 20:04; Ko‘rilganligi: 2343
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 09:08