Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Ishtixon tumanida 21-davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

2018 yil 27 dekabr kuni Ishtixon tumanidagi 21-davlat maktabgacha ta'lim muassasasi 2-sektor rahbari-tuman prokurori D.Saidqulov tashabbusi bilan xomiylar tomonidan mukammal ta'mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Tadbirda muassasadagi barcha tarbiyalanuvchilarga xomiylar tomonidan yangi yil bayram sovg‘alari topshirildi.

 

Ochilish marosimida viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i, tuman prokurori, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Shu kuni oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish va faoliyatini olib borish uchun 40 nafar tadbirkorlarga ruxsatnomalar tarqatildi. Shuningdek, Ishtixon tumani Xalqobod mahallasida yashovchi G.Zoyirova va To‘por mahallasida yashovchi Sh.Ikramovaga qarashli xonadonlarda tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ochilish marosimi o‘tkazildi.


Oxirgi o‘zgarish: 27/12/2018 21:52;   Ko‘rilganligi: 1845
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/ishtixon-tumanida-21-davlat-maktabgacha-talim-muassasasining-ochilish-marosimi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 16:47
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing