Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Ishtixon tumanida Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Joriy yilning 4 iyun kuni, Ishtixon tumani Azamat MFYda tashabbuskor Baxtiyor Toshev tomonidan «WUNDERKINDS-bilimdon kichkintoylar» nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib topshirildi. Unda 4-gurux, 100-o‘ringa bolalar tarbiyalanishiga mo‘ljallangan bo‘lib, 25 ta ish o‘rniga ega. Ochilish marosimiga Ishtixon tumani hokimi SH.Negmatov va Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimovalar tashrif buyurib, bolalarimizga atab qurilgan muhtasham binoning qurib topshirishda tadbirkorga minnatdorchilik bildirib, yig‘ilgan jamoatchilik va atrof qishloqlardan kelgan ota-onalarni tabrikladi. Bu yerdagi shart-sharoitning nafaqat mukammalligi, balki turli mutaxissislar yordamida chuqurlashtirilgan guruhlar: musiqa, xoreografiya, chet tillari (rus va ingliz tillari), jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, gimnastika, karate, shaxmat-shashka kabi yana bir qancha to‘garaklar asosida bolalar tarbiyalanadilar.


Kiritilgan vaqti: 08/06/2022 19:13;   Ko‘rilganligi: 67
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/ishtixon-tumanida-davlat-xususiy-sherikchilik-asosidagi-yangi-maktabgacha-talim-tashkiloti-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 25/06/2022 07:30
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing