Ishtixon tumanida yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
Bugun Ishtixon tumani Mitan shaharchasi Q. Qarshiyev mahallasida tadbirkor Bunyod Qilichev tomonidan 100 o'rinli “Sehrli dunyo” nomli davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Tadbirda tuman hokimi, nuroniylar mahalla faollari ishtirok etishdi. Darhaqiqat, Q. Qarshiyev mahallasida hozirgi vaqtda 3-7 yoshli bolalarning soni 431 nafarni tashkil etadi, mahallada 2 ta davlat va 3 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari joylashgan.
Oxirgi o‘zgarish: 09/12/2022 10:14; Ko‘rilganligi: 99
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/ishtoxon-tumanida-yangi-maktabgacha-talim-tashkiloti-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 29/01/2023 03:37
Chop etilgan vaqti: 29/01/2023 03:37