Jomboy va Urgut tumanlaridagi maktabgacha ta'lim bo‘limiga mudir tayinlandi
Ablokulova Dilafruz Amonovna
1975 yil 11 fevralda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1998 yilda Samarqand davlat universitetini hamda 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasini tugatgan.
Bugungi kunga qadar Jomboy tumanida maktab direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining buyrug‘i bilan Jomboy tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Boboyeva Hilola Buriyevna
1977 yil 17 iyunda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 2003 yilda Samarqand davlat universitetini tugatgan.
Bugungi kunga qadar Urgut sport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining buyrug‘i bilan Urgut tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Kiritilgan vaqti: 12/03/2019 19:00; Ko‘rilganligi: 1991
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 09:46