Самарқанд вилояти
Мактабгача таълим бошқармаси
w w w . s a m u d o . u z

"Mahorat maktabi" seminar-treningi

   2021- yilning  18- noyabr kuni Oqdaryo tumani Oytamg'ali MFY da joylashgan  34- DMTT da "Mahorat maktabi" a'zolari,  Samarqand viloyati  Maktabgacha ta'lim Boshqarmasining  ta'lim sifatini ta'minlash va innavatsion texnologiyalarni joriy etish bo'limi metodisti  M. O'roqova, Samarqand tumanii MTB  ta’lim sifati sho'ba mudiri  Z.Davidova, Samarqand shahar 112- DMTT metodisti   Z.Abdullayeva,  Kattaqo'rg'on shahar 2-sonli Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori  N.Karimovalar ishtirokida tizimda ta'lim-tarbiya sifatini oshirish bo'yicha nazariy-amaliy  seminar-treninglar o'tqazildi.

 

 

  Seminarda tumandagi barcha Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan 42 nafar pedagog xodimlar ishtirok etishdi. Seminar kun tartibida; O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirining  2019-yil 30-avgustdagi 155-sonli buyrug'i  ijrosi, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar brivojlanishiga qo ‘yiladigan  Davlat  talablari  va "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida ta’lim -tarbiyaviy  jarayonni  rejalashtirish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi  802-sonli qarori, "Ilm  yo'li" variativ dasturi  ijrosi bo'yicha taqdimotlar  hamda  guruhlarda  tarbiyachilar tomonidan  rivojlantiruvchi faoliyat  markazlarning  oy hafta mavzulari bo‘yicha  jihozlanishi  hamda  ish hujjatlarining  yuritilishi  yuzasidan amaliy  mashqlar  va metodik tavsiyalar berib o‘tildi.


Киритилган вақти: 19/11/2021 11:32;   Кўрилганлиги: 50
 
Материал манзили: https://samudo.uz/press/news/mahorat-maktabi-seminar-treningi
Чоп этилган вақт: 09/12/2021 09:25
Матнни ўқиш учун ушбу тугмани босинг