Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirlari va MTT direktorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshiriladigan asosiy ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish kun tartibda sohada ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish yuzasidan MTT direktorlari, metodist, psixolog va tarbiyachilarning o‘z vazifalariga shaxsiy mas’uliyatini oshirish, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, tizimda moliyaviy hisob-kitob ishlari hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.


Bundan tashqari, joriy yilning 10-18 yanvar kunlari ob-havoning keskin pasayishi munosabati bilan navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinishi inobatga olgan holda barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida baxtsiz hodisalarni oldini olish hamda isitish tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rish bo‘yicha sohadagi barcha mutasaddi rahbar va xodimlarga vazifalar belgilab berildi.


Kiritilgan vaqti: 06/01/2023 14:20;   Ko‘rilganligi: 59
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/maktabgacha-talim-bolimi-mudirlari-va-mtt-direktorlari-ishtirokida-yigilish-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 29/01/2023 04:47
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing