Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Maktabgacha ta'lim boshqarmasida navbatdagi ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2019 yil 18 fevral kuni viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining  majlislar zalida navbatdagi ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib  o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 yanvardagi Samarqand viloyatiga tashrifi davomida maktabgacha ta'lim sohasiga oid berilgan topshiriqlar va Halq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yig‘ilishi bayoni ijrosi yuzasidan mutassadi xodimlarning hisobotlari eshitildi.

Yig‘ilishda viloyat moliya Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i O.Mardonov, maktabgacha ta'lim boshqarmasi xodimlari, tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlari hamda Davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish sho‘basi metodistlari qatnashdilar.


Oxirgi o‘zgarish: 18/02/2019 21:59;   Ko‘rilganligi: 1711
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/maktabgacha-talim-boshqarmasida-navbatdagi-ishlab-chiqarish-yigilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 15:20
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing