Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati tanqidiy muhokama qilindi

    Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining Ishchi guruhi tomonidan Paxtachi va Narpay tumanlari maktabgacha ta'lim bo‘limi va davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini o‘rganish natijalari yuzasidan 2021 yil 11 noyabr kuni tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

   Muhokama yig‘ilishida asosan, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi va tumandagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijro intizomi, sohada ta'lim-tarbiya jarayonining sifati, ajratilgan byudjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishi va bolalarni sog‘lom ovqatlantirish masalalari tanqidiy muhokama qilindi.


   Ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgan ma'lumotnoma asosida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mas'ul xodimlari va davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlariga nisbatan qonunda belgilangan tartib asosida mehnat shartnomasini bekor qilish va intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


  Yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida takrorlanishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda uning ijrosini ta'minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.


    Yig‘ilishda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Z.Jo‘rayev va Narpay tumani hokimi Sh.Raxmonovlar ishtirok etdi.


Kiritilgan vaqti: 12/11/2021 10:23;   Ko‘rilganligi: 770
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/maktabgacha-talim-tashkilotlari-faoliyati-tanqidiy-muhokama-qilindi
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 09:37
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing