Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamshiralari diqqatiga!

Xabaringiz bor, respublikamizning ayrim hududlarida ba’zi dori vositalarining iste’moli sabab bolalarda o‘lim holatlari kuzatilmoqda. Bu borada respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda tegishli huquqni muxofaza qilish idoralari o‘rganish ishlarini olib bormoqda. 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan dori vositalarining ro‘yxati e’lon qildi. 2022-yilning 30-dekabr’ sanasidan boshlab O‘zbekistonda Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi ishlab chiqargan barcha dori-darmonlari savdosi to‘xtatildi.
 Hurmatli hamshiralar sizdan, fotoda nomlari ko‘rsatilgan dori vositalarini ish faoliyatingizda umuman qo‘llamaslik, bolalar salomatligiga befarq bo‘lmaslik, agar bolalarda tumov va shamollash alomatlari kuzatilganda ularni ota-onalariga darhol xabar berib, oilaviy shifokorga murojaat qilib davolanish yuzasidan maslahat olishga amaliy ko‘mak berishingiz so‘raladi.


Kiritilgan vaqti: 05/01/2023 13:05;   Ko‘rilganligi: 66
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/maktabgacha-talim-tashkilotlari-hamshiralari-diqqatiga
Chop etilgan vaqti: 29/01/2023 03:49
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing