Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

"Maktabgacha ta'lim tizimidagi joriy holat va istiqboldagi vazifalar"

"Maktabgacha ta'lim tizimidagi joriy holat va istiqboldagi vazifalar"  mavzusida  Narpay tumani Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarining an'anaviy avgust konferinsiyasi 13 -sonli Musiqa va san'at maktabida, tizimdagi barcha xodimlar ishtirokida  bo'lib o'tdi. Tadbirni tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy -ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Xakimov Islom Suyunovich ochib berdi. Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va davlat tilida ish yuritish bo'yicha bosh mutaxassis Abdullayeva Xursandoy Shermamatovna so'zga chiqib, soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi.Tadbirda maktabgacha ta'lim tizimida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar  boyicha vedio lavhalar va  jajji  tarbiyalanuvchilar ishtirokida konsert dasturi namoyish qilindi.Tadbir so'ngida 2021-2022-o'quv yilida samarali faoliyat olib borgan bir qator pedagoglar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.


Kiritilgan vaqti: 25/08/2022 17:00;   Ko‘rilganligi: 133
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/maktabgacha-talim-tizimidagi-joriy-holat-va-istiqboldagi-vazifalar
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 15:54
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing