Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari M.Yuldashev rahbarligida maktabgacha ta'lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

2018 yil 4-6 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari M.Yuldashev rahbarligida Respublika Ishchi guruhi Samarqand viloyatidagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish natijalari yuzasidan 2018 yil 6 oktyabr kuni Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari M.Yuldashev ishtirokida boshqarmaning apparat xodimlari va barcha tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlari mudirlari, bosh hisobchilari uchun yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlari hamda maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralariga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, mutasaddi rahbar va mas'ul xodimlarga qat'iy vazifalar belgilab berildi.


Kiritilgan vaqti: 08/10/2018 09:33;   Ko‘rilganligi: 1858
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/maktabgacha-talim-vaziri-orinbosari-myuldashev-rahbarligida-maktabgacha-talim-muassasalarining-kuz-qish-mavsumiga-tayyorgarlik-holati-organildi
Chop etilgan vaqti: 22/05/2022 00:12
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing