Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Maktabgacha ta'lim vazirligida uchrashuv

Maktabgacha ta'lim vazirligida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri A. ShinningPrezident janoblari Xan Chong Sok boshchiligidagi Puchon universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar maktabgacha ta'lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, maktabgacha ta'lim sohasida ta'lim jarayonini raqamlashtirish bilan bog'liq yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan keng ko'lamli masalalarni muhokama qildilar.

Uchrashuv doirasida Puchon universiteti vakillari bir qator taqdimotlarni taqdim etdilar, xususan:

– Puchon universiteti "Video va o'yin kontenti" fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalari tomonidan ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi uchun tumorlar, timsollar, personajlar va animatsiyalar taqdimoti;

– Mega olam platformasi asosida uchrashuvlar va yig'ilishlar o'tkazishga qaratilgan virtual makonning taqdimoti;

– ta'lim dasturlarini amalga oshirish uchun ham ishlatilishi mumkin bo'lgan VR (I-VII) platformasining taqdimoti;

– ta'lim kontentini yaratishga qaratilgan AR platformasining taqdimoti.

Tomonlar Koreya tomonining innovatsion takliflarini O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimi ehtiyojlariga moslashtirish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi to'g'risida kelishib oldilar.

Uchrashuv yakuniga ko'ra, tomonlar O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta' lim vazirligi va Puchon universiteti o 'rtasida maktabgacha ta' lim sohasida faol muloqotni davom ettirish uchun muntazam ikki tomonlama uchrashuvlar o 'tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi to'g'risida o'zaro yakdil fikrga keldilar.


Kiritilgan vaqti: 29/12/2022 14:50;   Ko‘rilganligi: 49
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/maktabgacha-talim-vazirligida-uchrashuv
Chop etilgan vaqti: 29/01/2023 03:58
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing