Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

ME'YORLAR TASDIQLANDI

2018 yilning 17 martidan boshlab Maktabgacha ta'lim muassasalarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash me'yorlari tasdiqlanib, Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu me'yorlarga asosan maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning jismonan sog‘lom, aqliy va intellektual rivojlanishlari uchun lozim bo‘lgan jihozlar, o‘yinlar va o‘yinchoqlar va x.k. kiritilgan.

Xususan, endilikda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni jismonan sog‘lom rivojlanishi uchun chiniqtirish va yassi oyoqlikni oldini olish uchun yo‘lakchalar, relaksatsion kreslolar, havo tozalagichlar (retsirkulyator), sterilizatorlar, aqliy rivojlanishi uchun “Bank”, “Pochta”, “Ferma”, “Avtomobil turargoxi” va boshqa o‘yin markazlari, intellektual rivojlanish uchun ko‘p funksiyali sahnalar, “Tasviriy faoliyat” burchaklari bo‘lishi lozim.

Shuningdek har bir maktabgacha ta'lim muassasasi hududi, o‘yin maydonchalari internet orqali kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan video kuzatuv texnikasi bilan jihozlanadi.

Vazirlik Axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 24/03/2018 11:33;   Ko‘rilganligi: 2243
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/meyorlar-tasdiqlandi
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 09:11
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing