Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

"Muassasada sport" festivali

Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari  o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan"2021-2022-yillarda yurish, yugurish, mini futbol, badmenton, strilbol va "Workout" sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi"da belgilangan vazifalarning ijrosini bajarish maqsadida "Muassasada sport" festivali sport musobaqalarining shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

Festivalda yurish, yugurish bo'yicha (maktabgacha ta'lim yoshidagi tarbiyalanuvchilar shug'ullanishiga ruxsat berilgangan spotr turlari bo'yicha amalga oshirish tavsiya qilingan) turlari yuzasidan bellashular tashkil etildi. Har bir tur bo'yicha hakamlar tomonidan tarbiyalanuvchilar baholanib bordilar. Musobaqa yakunida sportning tavsiya etilgan barcha turlari yuzasidan 80-DMTT tarbiyalanuvchilari mutloq g'olib deb topildi va viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar. Viloyat bosqichida g'oliblik sharafini himoya qilishda 80-DMTT tarbiyalanuvchilariga omad tilaymiz.


Kiritilgan vaqti: 02/12/2022 15:33;   Ko‘rilganligi: 113
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/muassasada-sport-festivali
Chop etilgan vaqti: 29/01/2023 05:01
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing