Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Nurobod tumani Jom qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi asosida foydalanishga topshirilgan 9-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

2018 yil 10 oktyabr kuni Nurobod tumani Jom qishlog‘ida joylashgan 9-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasida tuman va shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlari hamda davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini va metodik xizmatni muvofiqlashtirish sho‘basi mudirlari uchun o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda boshqarma boshlig‘i N.Sadinova, Nurobod tumani prokurori R.Hakimov, tuman hokimining o‘rinbosari S.Ilmurodovlar ishtirok etdilar.




Seminar kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-sonli qarori ijrosini amalga oshirish mexanizmi, tuman va shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlari uslubiy birlashmasining 2018/2019 o‘quv yilidagi ish rejasi asosida amalga oshiriladigan ishlarni tashkil etish mexanizmi, ilg‘or va tajribali mudira, pedagog, psixolog hamda tarbiyachilar ishlarini ommalashtirish tartibi, sohada ijro nazoratini mustahkamlash va bu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.


Kiritilgan vaqti: 10/10/2018 19:41;   Ko‘rilganligi: 2341
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/nurobod-tumani-jom-qishlogida-obod-qishloq-dasturi-asosida-foydalanishga-topshirilgan-9-sonli-davlat-maktabgacha-talim-muassasasida-oquv-amaliy-seminar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 15:39
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing