Nurobod tumanidagi 3-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi hamda 4-sonli maktabgacha ta'lim muassasasiga bo‘sh turgan bino ajratilib, kapital ta'mirlandi va 50 o‘rinli binoda 2 ta guruh tashkil etildi.
Nurobod tumanida 2 ta maktabgacha ta'lim muassasalari jumladan, Arabota MFY hududida joylashgan, investitsiya dasturi asosida 1,2 mlrd. so‘mlik mablag‘ evaziga quvvati 50 o‘rinli 3-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi.
Shu bilan birga, Navro‘z MFY hududidagi 4-son maktabgacha ta'lim muassasasi uchun tuman markazidagi “Barkamol avlod” markazining bo‘sh turgan binosi ajratildi. Mazkur bino 174 mln. so‘mlik mablag‘ evaziga kapital ta'mirlanib, qo‘shimcha 50 o‘rinli 2 ta guruh tashkil etildi. Ushbu maktabgacha ta'lim muassasalari barcha zarur inventarlar va jihozlar bilan to‘liq ta'minlandi.
Kiritilgan vaqti: 23/07/2018 20:34; Ko‘rilganligi: 2423
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 08:58