Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

NUROBODDA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINING AN'ANAVIY AVGUST KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Nurobod tumanidagi 18 son bolalar musiqa va san'at maktabida maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarining “Maktabgacha ta'lim sifati: joriy holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusida an'anaviy avgust konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Oshkora va ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir chinakamiga bayram tusini oldi. Unda so‘zga chiqqanlar hozirgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amalga oshirilgan ishlar, muammo va yutuqlar haqida to‘xtalishdi. Shuningdek, kelgusida qilinadigan ishlar, oldinda turgan yumushlar, yangi loyiha va rejalar xususida o‘zaro o‘rtoqlashdilar, fikr almashdilar.

Konferensiya doirasida tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy bayram dasturi namoyish etildi.

Tadbirda eng faol maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbaralari va xodimlari tuman hokimligi, maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan ta'sis etilgan maxsus faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Kiritilgan vaqti: 25/08/2022 16:33;   Ko‘rilganligi: 113
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/nurobodda-maktabgacha-talim-tashkilotlarining-ananaviy-avgust-konferentsiyasi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 16:02
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing