Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

O‘quv-seminari o‘tkazildi

25-noyabr kuni Samarqand viloyat pedagoglarni yangi metodikaga o‘rgatish milliy markazining faollar zalida, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi hamda Samarqand viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchilari hamkorligida “Takomillashtirilgan “Ilk qadam“ davlat o‘quv dasturidagi o‘zgarishlar” mavzusida mazkur markaz tinglovchilari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi. 

Seminar dasturi asosida “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish”, “Bolalarning rivojlanish xaritasi”, “Pedagogning o‘yin faoliyatidagi roli” hamda “Rivojlanish markazlaridagi faoliyat” mavzularida mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi va tinglovchilarga nazariy bilimlar mujassamlashtirilgan holda amaliy mashg‘ulotlar ham ko‘rsatib o‘tildi.


Kiritilgan vaqti: 26/11/2022 14:41;   Ko‘rilganligi: 76
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/oquv-seminari-otkazildi--
Chop etilgan vaqti: 29/01/2023 04:42
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing