Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

“O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi”

Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 noyabrdagi farmoni bilan ta’sis etilgan  “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirish marosimi o‘tkazildi.

Viloyat hokimi E.Turdimov marosim qatnashchilari – davlat va jamoat tashkilotlari faollari, turli sohalar ilg‘orlari, nuroniylar va yoshlar vakillarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘ttiz yilligi bilan tabrikladi. Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish, barcha sohalarda islohotlar izchilligini ta’minlashda Bosh Qomusimiz huquqiy asos ekanligini qayd etdi.

Tadbirda viloyat, tuman va shahar hokimliklari xodimlari, deputatlar, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, tadbirkor va fermerlar, mehnat faxriylari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqa sohalar vakillariga esdalik nishonlari tantanali topshirildi.

Ular qatorida Samarqand viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi Kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi Jumaniyazov Zarif Muxtarovich ham “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Zarif Muxtarovich kelgusidagi ishlaringizda omad yor bo‘lsin, mukofotlaringiz bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.


Kiritilgan vaqti: 06/12/2022 10:41;   Ko‘rilganligi: 106
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/ozbekiston-konstitutsiyasining-30-yilligi
Chop etilgan vaqti: 29/01/2023 05:11
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing