O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili muddatlari tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashlarining 2018 yil 16 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tillari muddatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qo‘shma qarori tasdiqlandi. Mazkur qo‘shma qarorda maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarining lavozimi bo‘yicha mehnat ta'tili muddatlari belgilandi.
T/r | Lavozimlar nomi | Mehnat ta'tili muddati |
I. | Umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim muassasalari | |
1 | Mudir | 36 ish kuni |
2 | Tarbiyachi-metodist | 36 ish kuni |
3 | Tarbiyachi | 36 ish kuni |
4 | Musiqa rahbari | 36 ish kuni |
5 | Barcha mutaxassisliklar o‘qituvchilari, jumladan, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog | 48 ish kuni |
6 | Psixolog | 36 ish kuni |
7 | Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi | 24 ish kuni |
8 | Tarbiyachi yordamchisi, jumladan, tungi vaqt uchun | 24 ish kuni |
9 | O‘rta tibbiyot xodimlari, jumladan, katta tibbiy va patronaj hamshirasi | 24 ish kuni |
10 | Davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, yo‘riqchi metodist | 24 ish kuni |
11 | Kichik tibbiy hamshira | 24 ish kuni |
12 | Bosh oshpaz | 24 ish kuni |
13 | Oshpaz | 18 ish kuni |
II. | Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari | |
14 | Mudir | 48 ish kuni |
15 | Barcha mutaxassisliklar o‘qituvchilari, jumladan, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog | 48 ish kuni |
16 | Tarbiyachi-metodist | 48 ish kuni |
17 | Tarbiyachi | 48 ish kuni |
18 | Musiqa raxbari | 48 ish kuni |
19 | Eshitish xonasi yo‘riqchisi | 48 ish kuni |
20 | Psixolog | 36 ish kuni |
21 | Tarbiyachi yordamchisi, jumladan, tungi vaqt uchun | 24 ish kuni |
22 | Shifokor | 24 ish kuni |
23 | O‘rta tibbiyot xodimlari, jumladan, katta tibbiy va patronaj hamshirasi | 24 ish kuni |
24 | Davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, yo‘riqchi metodist | 24 ish kuni |
25 | Kichik tibbiy hamshira | 24 ish kuni |
26 | Bosh oshpaz | 24 ish kuni |
27 | Oshpaz | 18 ish kuni |
III. | Aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan hamda nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari | |
28 | Shifokor | 42 ish kuni |
29 | O‘rta tibbiyot xodimlari, jumladan, katta tibbiy va patronaj hamshirasi | 42 ish kuni |
30 | Davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, yo‘riqchi metodist | 42 ish kuni |
31 | Kichik tibbiy hamshira | 42 ish kuni |
IV. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlari | |
32 | Boshqarma boshlig‘i (vazir), bo‘lim boshlig‘i, ularning o‘rinbosarlari | 24 ish kuni |
33 | Tarkibiy bo‘linma (bo‘lim, sho‘ba, guruh, xizmat) boshlig‘i, ularning o‘rinbosarlari | 24 ish kuni |
34 | Kanselyariya mudiri, arxiv mudiri, arxivchi | 24 ish kuni |
35 | Barcha ixtisosliklar buyicha mutaxassislar, hisobchi, iqtisodchi, bosh mutaxassis, jumladan, bosh hisobchi, bosh iqtisodchi, yuriskonsult, inspektor, muhandis | 24 ish kuni |
36 | Kotiba, referent, ish yurituvchi | 24 ish kuni |
37 | Xo‘jalik mudiri, kassir, dispetcher, ta'minotchi | 24 ish kuni |
38 | Metodist | 36 ish kuni |
V. | Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar | |
39 | Ombor mudiri | 24 ish kuni |
40 | O‘t yoquvchi | 18 ish kuni |
41 | Chilangar-santexnik | 18 ish kuni |
42 | Elektromontyor | 18 ish kuni |
43 | Payvandchi | 18 ish kuni |
44 | Yengil avtomobil haydovchisi | 18 ish kuni |
45 | Dezinfektor | 18 ish kuni |
46 | Choyshablarni yuvuvchi mashinist (qo‘lda yuvilganda) | 24 ish kuni |
47 | Choyshablarni yuvuvchi mashinist (kir yuvish mashinasida yuvilganda) | 18 ish kuni |
48 | Xizmat xonalari farroshi | 18 ish kuni |
Kiritilgan vaqti: 23/07/2018 21:17; Ko‘rilganligi: 5980
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/ozbekiston-respublikasi-maktabgacha-talim-tizimi-xodimlari-uchun-yillik-uzaytirilgan-mehnat-tatili-muddatlari-tasdiqlandi
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 10:17
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 10:17