Qo‘shrabot tumanida yangi davlat maktabgacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi.
Joriy yilning 8 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 26 yillik bayrami munosabati bilan Qo‘shrabot tumani Chimmos mahallasida 70 o‘rinli yangi 18-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi.
Mazkur bog‘chaning ochilish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i N.Sadinova, tuman hokimi X.Oqbo‘tayev, tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘lim mudirlari va mahalla faollari qatnashdilar.
Oxirgi o‘zgarish: 11/12/2018 10:02; Ko‘rilganligi: 2276
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/qoshrabot-tumanida-yangi-davlat-maktabgacha-talim-muassasasi-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 29/01/2023 03:18
Chop etilgan vaqti: 29/01/2023 03:18