Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Samarqand shahar, “Xalifa Ibroxim” mahallasidagi yangidan ta'mirdan chiqqan 67-maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Xabarlaringiz bor, Muhtaram yurtboshimiz hamda hukumatimiz tomonidan mamlakat kelajagi va ravnaqida muhim o‘rin tutadigan maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish hamda Mustaqil yurt tayanchi bo‘lmish aziz bolajonlarimiz taqdiriga yuksak e'tibor berilmoqda.
Ma'lumki maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi va eng asosiy bo‘g‘inidir. Inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi.
Viloyat hokimining mahalliy byudjet mabg‘lari hisobidan foydalanish bo‘yicha “Xalifa Ibroxim” mahallasidagi
67-maktabgacha ta'lim tashkiloti pudratchi qurilish tashkiloti “ME’MOR O‘TKIR CHOVKA” MCHJ tomonidan 3 mlrd, 394 mln,
so‘m mablag‘ hisobiga 360 o‘rinli yangidan ta'mirdan chiqarilgan bo‘lib, ushbu tashkilotga mahalladagi 3-7 yoshli bolalarni qabul qilish bilan boshladi.
Bizning asosiy maqsadimiz shahrimizdagi 3-7 yoshli bolalarni to‘liq maktabgacha ta'limga qamrab olish, maktab ta'limiga sifatli tayyorlash hamda bo‘sh ish o‘rinlari yaratib aholi bandligini ta'minlashdan iboratdir.
Zero, Davlatimiz rahbari aytganlaridek, “Har bir bolaning qobiliyati va iste'dodini o‘z vaqtida payqash, tarbiyalash, ro‘yobga chiqarish nafaqat ota-ona, balki butun jamiyatning burchidir” – deb aytgan purma'no so‘zlari ayni haqiqatdir. Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tashkil etilganligi mana shu so‘zlarning tasdig‘idir.


Kiritilgan vaqti: 13/08/2022 13:01;   Ko‘rilganligi: 115
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/samarqand-shahar-xalifa-ibroxim-mahallasidagi-yangidan-tamirdan-chiqqan-67-maktabgacha-talim-tashkilotining-ochilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 16:22
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing