Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasida shahar va tuman maktabgacha ta'lim bo‘limlari rahbarlari va xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.


Yig‘ilishda 2022-yil 2-avgustda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 426-sonli qarori ijrosi bo‘yicha tizimda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Investitsiya, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida qurilish-ta'mirlash ishlarining ahvoli, 2022-2023-o‘quv yilida qo‘shimcha tashkil etilishi rejalashtirilgan majburiy bir yillik maktab ta'limiga tayyorlov guruhlarining faoliyati hamda tizimda moliyaviy ko‘rsatkichlarning tahlili tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda ko‘tarilgan kamchilik va muammolarni bartaraf yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.


Kiritilgan vaqti: 20/09/2022 14:42;   Ko‘rilganligi: 30
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/samarqand-viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasida-shahar-va-tuman-maktabgacha-talim-bolimlari-rahbarlari-va-xodimlari-ishtirokida-yigilish-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 16:37
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing