Samarqand viloyati hokimligida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskor tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 23 iyul kuni viloyat hokimligining katta zalida viloyat hokimi o‘rinbosarlari Sh.Xudoyberdiyev, R.Qobilov, tuman (shahar) hokimlarining “Yoshlar siyosati bo‘yicha va iqtisodiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i N.Sadinova hamda “Oriyent Finans”, “Mikrokredit” tijorat banklari hududiy bo‘limlari mutasaddi xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651 sonli qaroriga muvofiq nodavlat, davlat-xususiy sheriklik shakllari asosida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil etish istagini bildirgan 233 nafar tashabbuskor tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Yig‘ilishda tadbirkorlar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi “Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi №378 sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 iyundagi “Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi №475 sonli qarorlari to‘g‘risida tushunchalar olishdi.
Viloyat hokimining Iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Xudoyberdiyev tadbirkorlarga nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qurishda imtiyozli kreditlari ajratilishida tijorat banklari bilan ishlashlari to‘g‘risida foydali maslahatlar berdi.
Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i N.Sadinova tadbirkorlarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Shu bilan birgalikda tadbirkorlar tijorat banklari mas'ul xodimlari bilan ham fikrlar almashishdi.
Oxirgi o‘zgarish: 26/07/2018 18:19; Ko‘rilganligi: 2120
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 10:12